28 Noyabr 2024, 11:23 Oʻzbekiston

Ikki viloyatda kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi

Hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Ikki viloyatda kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi

Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullangan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Termiz shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar F.X., A.J. va I.A fuqaro A.A.ga inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi 10 dona “Regapen” nomli dori vositasini 1 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Kattaqoʻrgʻon shahri boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.Sh. fuqaro M.N.ga inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi 2 turdagi 96 ta kapsuladagi dori vositalarini 1,3 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar