Namanganda sex 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Namangan viloyati Chust tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati.
Energetika xavfsizligi oyligi doirasida “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi, DXX, Bosh prokuratura va elektr ta’minoti korxonasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda Chust tumanida joylashgan Ch.Sh. MCHJ mas’ullari ishlab chiqarish sexida elektr energiyasi hisobi uchun o‘rnatilgan transformatorni qasddan uzib qo‘yib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 2 mlrd 159 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Boʻstonliqda 7 ta “dacha” energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlandi Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi