Isroil ravvin Zvi Koganning oʻlimida Oʻzbekiston fuqarolarini ayblamoqda
Ayblovga koʻra, Eron tomonidan yollangan bir guruh oʻzbekistonliklar vahshiy qotillikni amalga oshirgan va Turkiyaga qochib ketgan.
Joriy yilning 21-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarida bedarak yoʻqolgan isroillik ravvin Zvi Kogan oradan uch kun oʻtib, 24-noyabrda oʻlik holda topildi. Uning oʻlimida Oʻzbekiston fuqarolari gumon qilmoqda deb xabar berdi, “The Times of Israel”.
Xabar qilinishicha, ravvin Zvi Koganga bir guruh oʻzbekistonliklar hujum qilgan. Yahudiy rasmiylari qotillar Eron tomonidan yollanganini daʼvo qilmoqda.
Shuningek, Isroil manbalari gumondorlar Turkiyaga qochib ketganini taʼkidlamoqda.
Hozirda yuqori lavozimli davlat va din arboblari voqea yuzasidan tergov olib bormoqda, deyiladi xabarda.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qotillarni qoʻlga olish uchun barcha mavjud vositalardan foydalanishga vaʼda bergan.
Ulardan birortasi ham omon qolmaydi, degan u.
Мавзуга оид хабарлар:
Turkiyadagi mehmonxonada zo‘rlik bilan ushlab turilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi “Hizbulloh” Isroil poytaxtiga raketa hujumi uyushtirdi