Toshkentda Spark katta tezlikda Epica’ga borib urildi
Toʻqnashuv oqibatida har ikki mashinada yongʻin sodir boʻldi.
Toshkentda Spark yo‘l chetida turgan Epica’ga borib urilishidan ikki mashina qisman yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt FVB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 24-noyabr kuni soat 23:58 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Sho‘rtepa 2-tor ko‘chasida avtomobil yonayotgani to’g’risida xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:03 da yetib borib, yong‘in soat 00:07 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Poytaxt YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, YTH Spark va Epica ishtirokida sodir bo‘lgan. Hodisa natijasida Spark haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda FVV ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkentdagi uylarning birida yong‘in yuz berdi Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi