22 Noyabr 2024, 12:05 Oʻzbekiston

Navoiyda saksovullarni sindirgan shaxslarga jarima belgilandi

Navoiyda saksovullarni sindirgan shaxslar jami 29 million 250 ming so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.

Navoiyda saksovullarni sindirgan shaxslarga jarima belgilandi

Navoiy viloyatining Uchquduq hamda Buxoro viloyatining Olot tumanlarida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, reyd davomida fuqarolar R.E. va K.F. tomonidan “UAZ” rusumli avtomashinada Uchquduq tumani, “Shalxar” OFY cho‘l hududidan saksovul butalari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi.

Natijada tabiatga 10,5 mln so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 18 mln 750 ming so‘m jarima belgilandi. Ular jami 29 million 250 ming so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.

Buxoro viloyatining Olot tumanidagi reyd davomida esa saksovulga shikast yetkazganlar aniqlanib, huquqbuzarlarga qariyb 14 million 625 ming so‘m jarima belgilangan.

Mashhur yangiliklar