Andijondagi xonadonlarda 200 dan ortiq suyultirilgan gaz ballon noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi
Holat yuzasidan dalolatnomalar tuzilib, barcha hujjatlar FVB va huquq-tartibot organlariga topshirilgan.
Andijon viloyatidagi xonadonlarda qoidaga zid ravishda saqlanayotgan maishiy gaz ballonlari aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joylarda suyultirilgan gaz mahsuloti taʼminotida noqonuniy holatlarni aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, Izboskan tumanidagi “Markaz” MFY, Ziroat ko‘chasida yashovchi N.A. xonadoni ko‘zdan kechirilganda 24 dona, mazkur MFYning Vafo ko‘chasida istiqomat qiluvchi Sh.I. xonadonida 37 dona maishiy gaz balloni texnika xavfsizlik talablariga zid ravishda saqlanayotgani aniqlandi.
Bundan tashqari xonadonni ko‘zdan kechirish davomida maishiy gaz balonlarni tortish uchun 2 dona (“Menbo” va “Leder” rusumli) elektron tarozilar va avtomobillarga propan gaz o‘tkazish uchun maxsus moslashtirilgan 4 dona rezina shlanglar borligi aniqlandi.
Shuningdek, Shahrixon tumanidagi “O‘zbekiston” MFY Shaydullayev ko‘chasida yashovchi fuqaro M.A. o‘z xonadonida 94 ta, “Yangi hayot” MFY Navbahor ko‘chasida yashovchi Q.R. esa 57 dona maishiy gaz ballonlarini saqlab kelayotgani maʼlum bo‘ldi.
Holatlar yuzasidan dalolatnomalar tuzilib, barcha hujjatlar FVB va huquq-tartibot organlariga topshirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda 9 yoshli qizcha Damas bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi Ikki viloyatda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi Shuhrat Abdurahmonov Andijon hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi Andijonda Ekologiya bo‘limi xodimi 20 ming dollar olayotganda ushlandi Andijonda aholiga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan koʻmir talon-toroj qilindi