O‘zbekistonda ipoteka subsidiyalarini olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda ipoteka subsidiyalarini olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi qarori bilan uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qaror bilan, ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiyalarni to‘lab berishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish hamda tijorat banklari tomonidan fuqarolarga ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish tartibi belgilandi. Shuningdek, subsidiyalar to‘lab beriladigan fuqarolarni tanlab olish mezonlari takomillashtirildi.
Bundan buyon arizalarni ko‘rib chiqish faqatgina subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimi orqali amalga oshiriladi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda arizalar avtomatik ravishda unga yo‘naltirilsa, davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda markaz xodimlari bir soat ichida ularni tizimga kiritishi zarur bo‘ladi.
Qaror bilan subsidiyalar bilan qoplanadigan foiz to‘lovlari miqdoriga ham o‘zgartirish kiritildi. Endilikda yangi kreditlar uchun yillik 12% dan yuqori qismi, 2025-yildan boshlab esa Markaziy bankning asosiy stavkasidan ortiq qismi qoplanadi.
Boshlang‘ich to‘lov va foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan besh ish kuni ichida to‘lanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi Ayrim shaxslarga temir yoʻl transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi Atom energiyasi agentligining asosiy vazifalari belgilandi Ayrim iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lov tarifini o‘zi tanlashi mumkin bo‘ladi O‘zbekistonda pensiya islohoti konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqiladi