Toshkent viloyatida qidiruvdagi ayolning jasadi kanaldan topildi
Toshkent viloyati Parkent tumanida bedarak yo‘qolgan 23 yoshli ayol o‘lik holda topildi.
Toshkent viloyatining Parkent tumanida bedarak yo‘qolgan ayol o‘lik holda topildi. Bu haqda “UzAlert” (Oʻzbekistondagi qidiruv-qutqaruv otryadi) xabar berdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, ayolning turmush o‘rtog‘i N.O. 6-noyabr kuni Parkent tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 23 yoshli ayoli H.O. tunda yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib qaytib kelmaganini ma’lum qilib, uni qidirib topishda amaliy yordam so‘ragan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 10-noyabr kuni bedarak yo‘qolgan ayolning jasadi Yuqori Chirchiq tumani, Yangibozor shaharchasi, “Ma’rifat” mahallasidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanalida cho‘kib ketgan holda topilgan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 3 nafar “zakladchik” ashyoviy dalillar bilan ushlandi Toshkent viloyatining bir qator tumanlariga hokimlar tasdiqlandi Toshkent viloyatida 8 noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi Toshkent viloyatida 1 tup chinor kesgan shaxs tabiatga qariyb 200 mln soʻm zarar yetkazdi