11 Noyabr 2024, 12:47 Oʻzbekiston

Uch hududda “valyutchik”lar ushlandi

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Uch hududda “valyutchik”lar ushlandi

Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Maʼlum qilinishicha, Buxoro shahrida fuqarolar J.S. fuqaro A.J.dan 4 200 dollarni 53,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida, fuqaro Sh.A. fuqaro Z.B.dan 3 700 dollarni 47,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Urganch shahrida fuqarolar I.B. fuqaro M.X.dan 4 ming dollarni 50,9 mln so‘mga sotib olgan vaqtida, fuqaro X.K. esa fuqaro M.Sh.dan 4 ming dollarni 50 mln so‘mga sotib olishga kelishib, shundan 15 mln so‘mini bank plastik kartasiga o‘tkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, Quyi Chirchiq tumanida fuqaro M.M. fuqaro U.B.ga 3 500 dollarni 45 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar