Toshkentda Nexia-3 ag‘darilib ketdi
Yunusobod tumanida rul boshqaruvini yo‘qotgan Nexia-3 ag‘darilib ketdi.
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 7-noyabr kuni ikkita YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 7-noyabr kuni soat 15:30 larda Ahmad Donish ko‘chasida haydovchi 2001-yilda tug‘ilgan Y.M. Nexia-3 avtomashinasining rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Shuningdek, 7-noyabr kuni soat 10:30 larda Alisher Navoiy – Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi 1965-yilda tug‘ilgan D.U. Traverse avtomashinasining rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida Mobiuz binosi qarshisida, yo‘lning qatnov qismi o‘ng tomonidagi temir panjaraga urilgan.
Yo‘l-transport hodisasi sabab haydovchi yengil tan-jarohati bilan hududiy shifoxonaga olib ketildi.
Holatlar Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Xitoyda avtomobil olamonni bosib ketdi, 35 kishi halok bo‘ldi Toshkentdagi yana 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi Penzada YTHga uchragan o‘zbekistonliklar bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berildi Toshkentda “Lacetti” toʻliq yonib ketdi Toshkentda Lacetti va avtobus to‘qnashib ketdi