Xitoyda avtomobil olamonni bosib ketdi, 35 kishi halok bo‘ldi
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib bordi. Hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi, 43 kishi jarohatlandi.
Xitoyning Chjuxay shahrida avtohalokat oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi, 43 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda South China Morning Post.
Hodisa 11-noyabr kuni sport markazi yaqinida sodir bo‘lgan. Avtomobilni Fan familiyali 62 yoshli erkak boshqargan. U yashirinishga uringanida qo‘lga olingan. Hozirda u o‘ziga yetkazgan jarohatlari tufayli koma holatida shifoxonada yotibdi. Aniqlik kiritilishicha, erkak o‘z joniga qasd qilishga uringan.
Politsiyachilar Fanni topganda, u mashinada bo‘lgan va pichoq bilan o‘zini yaralagan. Politsiyachilar uni darhol to‘xtatib, kasalxonaga jo‘natishdi. Bo‘ynidagi jiddiy jarohatlar tufayli Fan hushida emas. Unga shoshilinch yordam ko‘rsatilmoqda va uni so‘roq qilishning imkoni yo‘q, deya politsiya bayonotidan iqtibos keltirdi CNN.
BBC News xabariga ko‘ra, erkak va uning xotini o‘rtasida ajrashishdan keyin mulkiy nizo kelib chiqqan, so‘ng u odamlar to‘planib turgan joyga borishga qaror qilgan.
Guvohning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda sport markazi hududida bir necha guruh odamlar bor edi. Jabrlanganlar orasida keksalar, o‘smirlar va bolalar ko‘p.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda 18 yoshli haydovchi vafot etdi Toshkentda elektrobus va ikkita mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi Toshkentda Cobalt YTHga uchradi Toshkentda bir kunda ikkita YTH sodir bo‘ldi Andijonda piyoda ayolni Damas urib ketdi