Ayrim shaxslarga temir yoʻl transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi
Borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport turidan foydalanilishi mumkin.
Hukumat qarori [733-son, 04.11.2024-y.] bilan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga temir yoʻl transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida maʼlum qilindi.
Unga koʻra, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar tanloviga koʻra temir yoʻl yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalardan bir yilda faqat bir marta beriladi.
Qayd etilishicha, borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport (temir yoʻl yoki avtobus) turidan foydalanilishi mumkin.
Shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni kuzatib borayotgan bir nafar shaxs ham borish hamda qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga egaligi belgilandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Urganchga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi Pokistonda to‘yga ketayotgan avtobus daryoga quladi. Qurbonlar bor Toshkentda Lacetti va avtobus to‘qnashib ketdi Ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi Toshkentdagi avtobusga ayollar va erkaklar joyini ajratuvchi qog‘oz yopishtirildi