1 Noyabr 2024, 08:52 •Oʻzbekiston
Toshkentda Nexia-3 bordyurga urilib, yonib ketdi
Yunusobod tumanida Nexia-3 yo‘l chetidagi beton bordyurga borib urilib, yonib ketdi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida 31-oktyabr kuni Nexia-3 mashinasi yonib ketdi, deb xabar bermoqda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Holat soat 21:50 larda Ahmad Donish ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi A.A. (2004 y.t.) rul boshqaruvini yo‘qotib, beton bordyurga urilgan. Oqibatda avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.
Guvohlarning aytishicha, voqea joyiga o‘t o‘chirish brigadasi 7-8 daqiqa ichida yetib kelgan. Ijtimoiy tarmoqdagi videolarda esa yong‘inni o‘chirishga beton aralashtirgich haydovchisi ham yordam berayotganini ko‘rish mumkin.
Yong‘in FVV xodimlari tomonidan o‘chirildi, YTHda hech kim jarohatlanmadi, deb yozdi YHXB matbuot xizmati.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24