Farg‘onada ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi
Furqat tumanida ikki kishining o‘limi bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi sababchisi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Farg‘ona viloyati Furqat tumanida Cobalt va Damas ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Furqat tumanidagi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Cobalt haydovchisi atrofni tuman qoplagan bo‘lishiga qaramay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan.
Bu vaqtda ro‘paradan kelayotgan Damas uni payqamay qolgani ortidan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda Damas haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i esa shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Cobalt haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa / muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan ish ochilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, fuqaro 3 yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilinib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Sudlanuvchi sud zalidan qamoqqa olindi. Unga tayinlangan jazo manzil-tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada 360 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan choyxona aniqlandi Ichida bolalar bo‘lgan Damas Farg‘ona kanaliga tushib ketdi Toshkentdagi YTHda uch kishi jarohatlandi Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi jarohatlandi O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tilayotgan iPhone 16’lar ushlab qolindi