Farg‘onada 360 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan choyxona aniqlandi
Mazkur holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “B.A.” xususiy korxonasi rahbari M.A. korxonaga qarashli choyxonani o‘zboshimchalik bilan hisoblagichdan tashqari gaz tarmog‘iga ulagan.
Oqibatda 360 mln so‘mlik tabiiy gazni yashirin ravishda talon-toroj qilgan.
Mazkur holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan korxona rahbari M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dastlabki tergov davomida korxona tomonidan yetkazilgan 360 million so‘m zararni to‘liq undirilishi taʼminlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi O‘zbekistonda 2024-yili 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingan Farg‘onada rossiyaliklardan pul undirib kelgan jinoiy guruh fosh etildi Farg‘onada 483 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari ushlab qolindi Andijondagi ohak sexida 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







