Ichida bolalar bo‘lgan Damas Farg‘ona kanaliga tushib ketdi
Toshloq tumanida Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas FVV qutqaruvchilari tomonidan suvdan olib chiqildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan Farg‘ona kanaliga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 19-oktabr kuni 17:07 da Farg‘ona viloyati Toshloq tumani “Naymanbo‘ston” MFYda yashovchi fuqaroning boshqaruvida bo‘lgan Damas ehtiyotsizlik oqibatida Farg‘ona kanaliga tushib ketgani haqida FVBga xabar tushgan.
Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olgan. Avtomobilda haydovchi bilan birga uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan. Haydovchi va ikki nafar farzandi avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.
Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onalik shaxsning mashinasidan qariyb 5 kg gashish topildi Fargʻonada 71 mln soʻmlik pirotexnika vositalari yuklangan Spark toʻxtatildi Qariyb 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarni sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkentda olib qochilgan Nexia-3 Fargʻonadan topildi Farg‘ona va Andijonda suyultirilgan gaz va gaz ballonlari talon-toroj qilindi