Paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytgan rais jarimaga tortildi
Qashqadaryoda paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytgan rais maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi mahalla raisining paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligi boʻyicha ovozli xabari tarqaldi. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mazkur holat yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi oʻrganish oʻtkazilganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, oʻrganish davomida Shahrisabz tumanidagi Paxtakor MFY raisi L.Oʻroqov 2024-yil 9-oktyabr kuni Nushkent qishlogʻining “Nushkent birlashaylik” Telegram kanaliga ushbu ovozli xabarni yuborib ishsiz fuqarolarni paxta yigʻim-terimiga chaqirganligi, shundan soʻng ular terimga kelganligi aniqlangan.
Vazirlikka koʻra, holat yuzasidan L.Oʻroqovga nisbatan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (18 mln 750 ming soʻm) miqdorida jarima qoʻllanilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Qashqadaryoda Isuzu 95 bosh qo‘yni bosib ketdi Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqargan shaxs ushlandi Qashqadaryodagi xususiy klinikada bemor ayol vafot etdi