10 Oktabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

Qashqadaryodagi shifoxona 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Qarshi shahridagi ona va bola salomatligi markazi 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Qashqadaryodagi shifoxona 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi tibbiyot muassasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulanib elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar berdi “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati.

Tashkilotning viloyat hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura departamenti hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi markazi filialida 4 dona chiller sovutish tizimi (quvvati 612.6 kVt) elektr tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangani aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasi manfaatiga 2 milliard 182 million so‘mlik zarar yetgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mashhur yangiliklar