9 Oktabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

Toshkentda tadbirkordan 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Toshkentda tadbirkorga shartnoma tuzib berishini aytib undan 50 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Toshkentda tadbirkordan 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida tadbirkorga 500 000 dollarlik shartnoma tuzib berishni va’da qilib pul olayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda “S.S.” MChJ rahbari, muqaddam sudlangan N.Sh. tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida “L.Y.” korxonasi bilan 500 ming dollarlik qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar