Samarqand va Xorazm viloyatlarida “valyutchik”lar ushlandi
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyatining ikki tumani, shuningdek, Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, departamentning Payariq va Qo‘shrabot tumani bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. fuqaro Y.Q.ga 4 ming dollarni 50,9 mln so‘mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Payariq va Oqdaryo tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.U. fuqaro A.A.ga 3 100 dollarni 39,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, 3 292 dollar, 10 yevro va 62 410 rubl ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shu turdagi qonunbuzilish holati Yangibozor tumanida ham sodir bo‘lgan. Fuqaro D.G. fuqaro O.S.ga 3 400 dollarni 43 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda bogʻcha va maktab oʻquvchilari xavfsizligiga zid ravishda “ilon oʻyini” tomoshasi oʻtkazilgani aniqlandi Samarqanddagi uyda uch metrlik bo‘g‘ma ilon saqlanayotgani aniqlandi Xorazmda tadbirkorga 10 mlrd so‘m kredit ajratib berishni aytgan shaxslar ushlandi Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘i sabab ishdan ketayotgani aytildi