7 Oktabr 2024, 11:23 Oʻzbekiston

Samarqanddagi ayanchli YTHda “Jiguli” haydovchisi halok boʻldi

Pastdargʻom tumanida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan “Jiguli” haydovchisi voqea joyida halok boʻldi.

Samarqanddagi ayanchli YTHda “Jiguli” haydovchisi halok boʻldi

Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida yuk mashinasi va “Jiguli” oʻrtasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, holat 4-oktabr kuni soat 23:20 atrofida tumanning Iskandariy mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R46 avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. GAZ53 haydovchisi qayrilib olish mumkin boʻlmagan joydan harakatlanganida toʻgʻridan kelayotgan VAZ2103’ni oʻtkazib yubormasdan YTH sodir etgan.

Oqibatda yengil mashina haydovchisi olgan jarohatlari bilan voqea joyida halok boʻlgan.

Hozirgi kunda mazkur hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar