4 Oktabr 2024, 11:23 Oʻzbekiston

Namanganda to‘xtatilgan Lacetti salonidan shubhali modda topildi

“Qamchiq” dovonida to‘xtatilgan avtomashina salonidan giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda topildi.

Namanganda to‘xtatilgan Lacetti salonidan shubhali modda topildi

“Namangan” YPX maskanida YHXX “Qamchiq” dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelgan Lacetti avtomobili 2-oktyabr kuni soat 15:45larda to‘xtatilib, tekshirildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi, 1997-yilda tug‘ilgan I.K. turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida I.K.ning yonida bo‘lgan tamaki qutisi ichidan to‘q yashil rangli, o‘tkir hidli, ko‘rinishidan giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda topilgan.

Holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va yo‘lovchi hamda topilgan modda Pop tumani IIB xodimlariga topshirilgan.

Mashhur yangiliklar