![Qozog‘istondagi neft bazasida portlash yuz berdi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/fT8tfsd1MuMuD-cFYYS9iiTi-GUv4iik-300x169.jpg)
Yangi yil dasturxoni: bayramdan “omon” chiqish bo‘yicha tavsiyalar
Yangi yil dasturxoniga tortiladigan ne’matlar xilma-xilligidan oshqozonni qiynab qo‘yish hech gapmas. Foydali bo‘lar deya, bu materialda bayram kunida ovqatlanishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida SSV bergan tavsiyalarni keltiryapmiz. Yoqimli ishtaha!
![Yangi yil dasturxoni: bayramdan “omon” chiqish bo‘yicha tavsiyalar](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/12/2024-12-31-14.09.02.jpg)
Yangi yil dasturxoniga tortiladigan o‘nlab turdagi yegulik, taom, pishiriq va shirinliklar har qanday odamning ishtahasini ochib, to‘g‘ri ovqatlanish me’yoridan chiqarib yuborishi mumkin. Sog‘liqni saqlash vazirligi sana oldidan bu kunda ovqatlanishda nimalarga etib qaratish kerakligini eslatib o‘tadi.
Ovqat to‘liq hazm bo‘lmasdan yana taom yeyilsa, hazm jarayoni og‘irlashadi. Jigar, buyrak va oshqozonosti bezi kasalliklari bor kishilarda noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli ushbu xastaliklar kuchayishi ehtimoli yuqori. Sodda qilib aytganda, ovqatga to‘lgan me’daning harakat funksiyasi sustlashadi va oshqozondagi oziq moddalarning shira bilan aralashuvi qiyinlashib, hazm jarayoni izdan chiqadi, deydi vazirlik.
Bu kabi noxush holatlarga barham berish uchun mutaxassislar tomonidan, avvalo, ovqatlanish tartibiga qat’iy rioya etish va kun davomida sabzavotli salatlar, oshko‘klar, ho‘l mevalardan oz-ozdan yeyish tavsiya qilinadi. Negaki tabiiy mahsulotlar tez hazm bo‘ladi, boz ustiga, ular me’damizga og‘irlik qilmaydi.
Mutaxassislar quyidagilarni ham tavsiya etadi:
- birdagina ko‘p ovqat yeb qo‘ymaslikka e’tibor bering;
- asosiy ovqatlardan oldin sabzavotli va mevali salatlarni iste’mol qilish durust;
- ovqatni ko‘katlar, xom holdagi sabzavot va mevalardan tayyorlangan salatlar bilan qo‘shib iste’mol qilish ham hazm jarayonini me’yorlashtiradi;
- ora-orada olma sharbatini iching, bu ovqat hazmida foydali;
- taom harorati me’yorda bo‘lishi kerakligini ham esdan chiqarmang;
- ovqatlar oralig‘ida ko‘k choy ichsangiz bo‘ladi, ammo muzdek ichimlikdan tiyilgan yaxshi;
- ovqatdan keyin harakatlanish tavsiya etiladi, piyoda sayr qilsangiz yanada yaxshi;
- xamirli, yog‘li, qovurilgan ovqatlarda ham me’yorni bilish muhim. Ulardan keyin qatiq va qatiqli salatlar va oshko‘klar tanovul qilish kerak;
- yog‘siz go‘sht yoki parhezbop tovuq go‘shtidan foydalaning;
- mevali tort va kaloriyasi past shirinliklardan iste’mol qiling;
- taomlarni shu kunning o‘zida tayyorlash katta ahamiyatga ega va bu jarayonda ko‘proq o‘simlik yog‘laridan foydalaning;
- sho‘r bodring, tuzlama va konservalardan tiyilsangiz, o‘zingizga foyda;
- dudlangan go‘sht mahsulotlari, mayonezli salat va pishiriqlar hamda gazlangan ichimliklardan ortiqcha foydalanmaslik maqsadga muvofiq.
Umuman, to‘g‘ri ovqatlanish nafaqat bayram kunlari, balki hamma vaqtda birdek muhim. Bunga amalga qilganlar bayramni yaxshi kutib oladi va bir umr salomat bo‘ladi, deya tavsiyasini yakunladi idora.
Yoqimli ishhata va yengil hazm tilaymiz!
Soʻnggi yangiliklar
![Qozog‘istondagi neft bazasida portlash yuz berdi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/fT8tfsd1MuMuD-cFYYS9iiTi-GUv4iik-300x169.jpg)
![Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning asosiy ustunligini aytdi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/photo_2025-01-25_15-31-42-300x167.jpg)
![Toshkent viloyatida psixofaol moddalarni oʻtkazish maqsadida saqlayotgan shaxs ushlandi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/image_2025-01-25_14-50-22-300x182.png)
![Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/f_duWWNyNXvYADojoHfkbvxfVsg2iTwI-300x225.jpg)
![Milliy gvardiyaga o‘quvchilar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/image_2025-01-25_14-31-27-300x180.png)
![Qoraqalpog‘istonda soxta treyder o‘zganing 46 mln so‘mini o‘zlashtirdi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/f_6l6X77rFO57pi5Js2L2a1wzqw63frd-300x225.jpg)
![O‘zbekiston aholisi soni 37,5 milliondan oshdi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/E74lJ713450148480435_o-300x199.jpg)
![Samarqandda 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/medium-6793b211b8a24-300x169.jpg)