Andijonda harakatdagi Lacetti’da yongʻin chiqdi
Hozirda shahar FVBning masʼul xodimlari mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Bugun, 9-dekabr kuni soat 16:00 larda, Andijon shahrida yashovchi 1972-yilda tugʻilgan Z.X. boshqaruvidagi Lacetti rusmli avtomashinada yongʻin sodir boʻlgan, deb xabar bermoqda viloyat YHXB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, Z.X. Andijon shahar “Pataobod” mahallasi hududidan oʻtgan A.Yoʻldoshev koʻchasida harakatlanib ketayotgan vaqtida, transport vositasining oldi qismida elektr sim oʻtkazgichlaridan chiqqan qisqa tutashuv oqibatida yongʻin yuz bergan.
Shahar FVB xodimlari tomonidan koʻrilgan tezkor choralar natijasida ushbu yongʻin toʻliq bartaraf etilgan. Aniqlik kiritilishicha, hodisa oqibatida transport vositasi moddiy zararlangan, hech kim tan jaroxati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan, hozirda shahar FVBning masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida Gentra yonib ketdi Toshkentda to‘xtab turgan Nexia yonib ketdi Ikki viloyatda “valyutchik”lar ushlandi Andijondagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi