4 Oktabr 2024, 08:50 Oʻzbekiston

Namanganda haydovchi mashinasida 25 nafarga yaqin bolani olib ketayotgani aniqlandi

Kosonsoy tumanida 9 o‘rinli avtomashinada 25 nafardan ortiq bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi to‘xtatildi.

Namanganda haydovchi mashinasida 25 nafarga yaqin bolani olib ketayotgani aniqlandi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida haydovchi 9 o‘rinli avtomobilga 25 nafardan oshiq bolani mindirib harakatlangani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Kosonsoy tumanida xizmat faoliyatini olib borayotgan YPX xodimi harakatlanib ketayotgan Hyundai Starex rusumli avtomashinani to‘xtatib tekshirgan.

Avtomobil salonida bo‘lgan bolalar sanab ko‘rilganda, ularning soni 25 nafardan oshiqligi, haydovchining esa tegishli hujjatlari yo‘qligi aniqlangan va unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mashhur yangiliklar