Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik goʻdak Oʻzbekistonga qaytarildi
Chaqaloqning ota-onasi u hali 5 oylik davrida hujjatlaridagi muammo sabab, bolani shifoxonada qoldirib ketishga majbur boʻlgan.
Rossiyada ogʻir ijtimoiy vaziyatda qolib ketgan 8 oylik chaqaloq ota-onasi bagʻriga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, bola 5 oylik davrida ota-onasi hujjatlarining muddati tugagani sabab, chaqaloqni shifoxonada qoldirib, Oʻzbekistonga qaytishga majbur boʻlgan. Qaytganidan soʻng ota-ona Buxoro shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaaat qilgan.
Shundan soʻng, Rossiyada ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 8 oylik goʻdak Ijtimoiy himoya milliy agentligi koʻmagi bilan Vatanga, ota-onasi bagʻriga qaytarilgan.
Hozirda “Inson” markazi masʼullari tomonidan oiladagi bir qator muammolarni ijobiy hal etish maqsadida Keys ochilgan boʻlib, keys-menejment asosida ularga bir qator ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatiladi. Bola esa doimiy shifokorlar nazoratidadir, deyiladi agentlik xabarida.
Мавзуга оид хабарлар:
Turkiyada qarovsiz qolib ketgan 3 bola Vatanga qaytarildi Rossiyada ichida gandbol muxlislari bo‘lgan avtobus yonib ketdi Qozonda YTHga uchrab, og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatga o‘qishga ketyapti? Kamola Mahmudova uzoq davom etgan hastalikdan soʻng vafot etdi