Toshkentda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 11 yoshli qizni mashina urib yubordi
Yuqori Chirchiqda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 11 yoshli o‘quvchini Cobalt urib yubordi.
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida maktabga ketayotgan o‘quvchini piyodalar yo‘lagidan o‘tayotganida mashina urib yubordi.
Toshkent viloyati IIB YXHB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unda ma’lum qilinishicha, holat bugun, 30 sentabr kuni soat 7:45 larda sodir bo‘lgan.
Tumani hududidan o‘tgan D 014 avtomobil yo‘lining 41-kilometrida joylashgan 14-sonli maktab qarshisida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi M.N. Cobalt mashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan 2013 yilda tug‘ilgan M.A.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida o‘quvchi yengil tan jarohati olgan. Unga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda ahvoli yaxshiligi sababli uyiga ruxsat berilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada ko‘rinishicha, haydovchi mashinani maktab oldida belgilangan 30 km/soat tezlikdan oshirgan. Shuningdek, piyodalar yo‘lagida o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun turgan maktab xodimi ham qizaloqning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishiga yetarlicha e’tibor qaratmagan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi “Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi