Futzal. O‘zbekiston jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi
O‘zbekiston futzal bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Kosta-Rikaga imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futzal bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichi 3-turi so‘nggi o‘yinida Kosta-Rikaga imkoniyatni boy berdi. 20-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:5 hisobida yakunlandi.
Kosta-Rika birinchi bo‘limni o‘z foydasiga yakunladi (2:1). Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston 30-daqiqaga kelib oldinga chiqib oldi (3:2), ammo 32-daqiqada Ixtiyor Ropiyev ikki daqiqa ichida bir nechta qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yib, ikkinchi sariq kartochkani oldi. Shundan so‘ng raqiblar uchta gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
Birinchi turda O‘zbekiston Gollandiya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynagandi. Ikkinchi davrada esa Paragvayga 1:4 hisobida imkoniyat boy berilgan.
Shu tariqa milliy terma jamoa uchta o‘yindan so‘ng bir ochko jamg‘arib, A guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi.
Kosta-Rika uchinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Paragvay birinchi, Gollandiya ikkinchi bo‘ldi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi