17 Sentabr 2024, 10:50 Oʻzbekiston

Poytaxtning 4 ta tumani tabiiy gaz taʼminotidan uzib qoʻyiladi

Taʼmirlash ishlari tufayli Yangihayot, Sergeli, Yunusobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Poytaxtning 4 ta tumani tabiiy gaz taʼminotidan uzib qoʻyiladi

Toshkent shahrining ayrim hududlari tabiiy gaz tarmogʻidan vaqtincha uzib qoʻyiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari tufayli Yangihayot, Sergeli, Yunusobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlarining quyidagi hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi:

Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilari soni:

  • Chortoq MFY, Gulzor, Gulzor 1-7 Islomobod va Umid koʻchalaridagi jami 372 ta yerli xonadon.
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 1 ta.

Sergeli tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilari soni:

  • Sugʻdiyona koʻchasidagi – 182 ta yerli xonadon;
  • “Golden House” koʻp qavatli uylaridagi – 355 ta xonadon;
  • “Qutbaraka” A.Navoiy mavzesi va Belariq koʻchasida – 265 ta xonadon.
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta.

Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilari soni:

  • Markaz 5 mavzesidagi “Murad buildings” koʻp qavatli uyi – 160 ta xonadon;
  • Sharofobod koʻchasidagi Muhtasham qurilish koʻp qavatli uyi – 270 ta xonadon;
  • KXAY koʻchasida 65A koʻp qavatli uyi – 22 ta xonadon;
  • Markaz 6 mavzesidagi Qozogʻiston koʻp qavatli uyi – 120 ta xonadon.
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 30 ta.

Mirzo Ulugʻbek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilari soni:

  • Mirzo Bobur koʻchasidagi – 124 ta yerli xonadon.

“Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi”, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar