9 Sentabr 2024, 11:23 Jahon, Oʻzbekiston

Rossiyada qarovsiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-onasi yoki qonuniy vakillarisiz, qiyin vaziyatda qolgan 14 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi.

Rossiyada qarovsiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxona vakillari tomonidan Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Sankt-Peterburgdagi voyaga yetmaganlarni vaqtincha parvarishlash va saqlash muassasasining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda ota-onasi va qonuniy vakillari yo‘q bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.

Qayd qilinishicha, aksariyat bolalarning ota-onasi muqaddam Rossiya hududida bo‘lish tartibini buzganligi sababli deportatsiya qilingan. Bosh konsulxonada bolalar uchun qaytish guvohnomalari rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlariga topshirilgan.

Mashhur yangiliklar