Xorijda qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik 14 bola vatanga qaytarildi
Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan 14 nafar o‘zbekistonlik bola kecha, 1-sentyabr kuni vatanga olib kelindi.
Xorijdan navbatdagi qarovsiz qolgan bolalar guruhi olib kelindi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 1-sentyabrda 14 nafar xorijda ota-ona qaramog‘isiz qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik bolalar O‘zbekistonga qaytarib olib kelindi. Mazkur guruhdagi bolalar Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan Ichki ishlar hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari mas’ul xodimlarining xizmat safarlari doirasida Rossiyadan Toshkentga olib kelindi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va mas’ul tashkilotlar hamkorligida qaytarib olib kelingan bolalar ota-onasi va o‘z yaqinlarining qaramog‘iga qaytariladi. Ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy xizmatlar, jumladan, bolalarning o‘zlari va ularning oila a’zolariga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatib borish belgilangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda Prezident bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi YouTube Rossiyada cheklovlarsiz ishlay boshladi Buxoro amirligi davriga oid tangalar xorijga olib chiqilishining oldi olindi