Germaniya yana afg‘onistonliklarni deportatsiya qilishni boshladi
Ularning barchasi Germaniya qamoqxonalarida turli jinoyatlar bilan jazo o‘tagani aytildi.
Germaniya Afg‘onistondan kelgan jinoyatchilarni o‘z mamlakatiga deportatsiya qilishni qaytadan boshladi, deb xabar bermoqda Reuters. Germaniya hukumati 2021-yilda “Tolibon” hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri inson huquqlari ahvoli yomonlashgani sababli afg‘onistonliklarni vataniga deportatsiya qilishni to‘xtatgandi.
Spiegel’ning aniqlik kiritishicha, 28 nafar mahkum afg‘onistonlik 30-avgust kuni ertalab Qatar Airways charter reysida Leypsigdan Kobulga uchgan. Ularning barchasi Germaniya qamoqxonalarida turli jinoyatlar: talonchilikdan tortib badanga og‘ir shikast yetkazish va zo‘rlashgacha bo‘lgan ayblovlar bilan jazo o‘tagan.
Biz bu haqda ko‘p gapirmay, [deportatsiyaga] puxta tayyorgarlik ko‘rdik, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols matbuot anjumanida.
Bayonotda hukumat “asosiy mintaqaviy hamkorlarga” qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi va yangi deportatsiyalar ustida ishlayotganini aytdi. Rasmiylar aynan kim hamkor ekanini aytmadi, deya aniqlik kiritadi Reuters.
Мавзуга оид хабарлар:
Turkiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik erkak deportatsiya qilindi Germaniya kansleri O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda Afg‘onistondan o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlar O‘zbekistonda qoladigan bo‘ldi Qidiruvda bo‘lgan yana bir ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi Qidiruvda bo‘lgan 37 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi