30 Avgust 2024, 12:40 •Oʻzbekiston
Namanganda qasddan odam o‘ldirib, yashirinib yurgan erkak qidirilmoqda
1964-yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan shaxs Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan.
Namangan viloyatida qasddan odam o‘ldirib, ichki ishlar xodimlaridan yashirinib yurgan erkak qidirilmoqda. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Shermat Jo‘rayev 1964-yilda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U Jinoyat kodeksining 97-modda, 2-qismida (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan yashirinib yurgani uchun qidirilmoqda.
Ushbu shaxs haqida biron-bir ma’lumotga ega fuqarolardan zudlik bilan 102 yoki 71-231-34-33, 97-273-11-01 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘raldi. Ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Namangandagi omborxonadan 800 mln so‘mlik noqonuniy dorilar topildi Uch yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyadan deport qilindi Jizzaxda o‘zganing nomiga onlayn kredit rasmiylashtirgan soxta bank xodimi ushlandi Ohangaron va Namanganda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Turkiyada 25 yoshli o‘zbekistonlik yigit bedarak yo‘qoldi
Soʻnggi yangiliklar
Farg‘onada kelin sarpolarini MIB orqali qaytarib oldi
19 Sentabr 2024, 19:21Inbazar MChJ faoliyati ixtiyoriy tugatiladi
19 Sentabr 2024, 18:43Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08