21 Avgust 2024, 14:30 Oʻzbekiston

Qashqadaryodagi gaz quvurida yirik yong‘in yuzaga keldi

Nishon tumanidagi quvurdan gaz sizib chiqishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi.

Qashqadaryodagi gaz quvurida yirik yong‘in yuzaga keldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Nishon tumanidagi yo‘lda gaz sizib chiqib, yong‘in yuzaga kelgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Energetika vazirligi yong‘in to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qildi.

Vazirlik bergan axborotga ko‘ra, yong‘in 21-avgust kuni soat 11:35 da Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan “Shirinobod” konidagi (Epsilon XKga qarashli) quduqlar oralig‘ida diametri 426 mm bo‘lgan quvurdan gaz sizib chiqishi oqibatida yuzaga kelgan.

Hozirgi vaqtda yong‘in to‘liq bartaraf etilib, taʼmirlash ishlariga kirishilgan.

Voqea sababli jarohatlanganlar yo‘q.

Mashhur yangiliklar