20 Avgust 2024, 15:16 Oʻzbekiston

Qashqadaryoda ayol erini o‘ldirib, quduqqa tashladi

G‘uzor tumanida erini o‘ldirib, jasadini quduqqa tashlab yuborgan ayol qo‘lga olindi.

Qashqadaryoda ayol erini o‘ldirib, quduqqa tashladi

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida ayol erini o‘ldirib, quduqqa tashladi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar tarqatdi.

Unga ko‘ra, marhum 40 yoshlar atrofida bo‘lgan, uning jasadi ekspertizaga olib ketilgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar