19 Avgust 2024, 12:45 •Jahon
Mpox. Qozog‘iston kasallik sabab chegaradagi nazoratni kuchaytirdi
Qozog‘iston SSV mamlakatga maymunchechak kirib kelishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilganini ma’lum qildi.
Qozog‘iston maymunchechak tufayli chegarada nazorat choralarini kuchaytirdi. Bu haqda mamalakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib Tengrinews xabar qildi.
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shu kungacha mamlakatda birorta ham maymunchechak kasalligi qayd etilmagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatga infeksiya kirib kelishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Sanitariya-karantin maskanlari, jumladan, aeroportlar va chegara o‘tish joylarida nazorat choralari kuchaytirildi. Maymun chechagi holatlari qayd etilgan mamlakatlardan kelayotgan fuqarolarga e’tibor qaratiladi, deyiladi tarqatilgan bayonotda.
Infeksiyaning ehtimoliy tarqalishining oldini olish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi endemik mamlakatlarga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi:
- Kasal odamlar va yovvoyi hayvonlar bilan aloqa qilmaslik. Virus zararlangan maymunlar, kalamushlar va boshqa hayvonlar bilan aloqa qilish orqali yuqishi mumkin.
- Himoya vositalarini qo‘llash. Hayvonlar yoki ularning mahsulotlari bilan kontaktda bo‘lganda himoya kiyimlari va qo‘lqoplarni taqish muhim hisoblanadi.
- Gigiyena qoidalariga amal qilish. Qo‘llarni muntazam yuvish va dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish infeksiya yuqish xavfini kamaytiradi.Maymunchechak bilan kasallanish holatlari qayd etilgan mamlakatlarga favqulodda zarurat bo‘lmaganda tashrif buyurish tavsiya etilmaydi.
Dastlabki alomatlar paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qiling. Toshmalar, yuqori harorat va boshqa alomatlar paydo bo‘lganda zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish kerak.
Sog‘liqni saqlash vazirligi epidemiologik vaziyatni kuzatib bormoqda va har qanday o‘zgarishlarga zudlik bilan javob berishga tayyor, deya qo‘shimcha qildi vazirlik.
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24