Namanganda soxta treyder ayolni 10 mln so‘mga chuv tushirdi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyatida yashovchi ayol U.M. IIOga ariza bilan murojaat qilib, 10 mln so‘m pullari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi R.N. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan R.N. jabrlanuvchi ayol U.M. bilan Telegram orqali tanishib, unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini vaʼda qilib, aldov yo‘li bilan 10 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini hisobiga o‘tkazib olishga erishib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan R.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Namanganda ham oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi Namanganda 246 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi