Qidiruvda bo‘lgan yana bir ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
Firibgarlikda ayblanayotgan ayol ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan.
Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2022-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Dilafruz Madiyeva Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona xabar berdi.
48 yoshli shaxs Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi, deyiladi xabarda.
Konsulxonaning ogohlantirishicha, jinoiy javobgarlikdan qochib, xorijiy davlatlarda, shu jumladan, Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi.
Xabarda qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi vaqtlarda konsulxonaga Istanbul orqali AQSh va Yevropaga yuborishni va’da qilib, firibgarlik sodir etilgani haqidagi murojaatlar soni ortgan. Tashkilot fuqarolardan ogoh bo‘lishni so‘radi.
Мавзуга оид хабарлар:
Trampning noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi bor — TIME Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi Fuqarolarga qarzdorligini “nol” qilib berishini aytgan gazchi va hisobchi ushlandi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi Tramp muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilmoqchi