Qidiruvda bo‘lgan 37 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
Firibgarlikda ayblanayotgan ayol ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbulda qo‘lga olingan.
Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2024-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Barno Inotova Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona xabar berdi.
37 yoshli, Bonu taxallusli ayol ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbulda qo‘lga olingandi.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi, deyiladi xabarda.
Konsulxona jinoiy javobgarlikdan qochib, xorijiy davlatlarda, jumladan, Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettirilishi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanishi haqida ogohlantirdi.
Shu bilan birga, Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortgani sababli fuqarolardan firibgarlardan ogoh bo‘lishlari so‘raldi.
Мавзуга оид хабарлар:
Trampning noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi bor — TIME Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi Fuqarolarga qarzdorligini “nol” qilib berishini aytgan gazchi va hisobchi ushlandi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi Tramp muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilmoqchi