Andijonda o‘qituvchilar maktabdagi qurilish ishlariga jalb qilingani aytildi
Asaka tumanidagi maktab qurilishiga ayol o‘qituvchilar jalb qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Asaka tumanidagi 37-umumta’lim maktabida o‘qituvchilar og‘ir qurilish ishlariga jalb qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, ayol o‘qituvchilar maktab hududida arava sudrab, og‘ir yumushlarni bajargan.
Shuningdek, xabarlarda ish jarayonida maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yiqilib, qo‘lini sindirib olgani ham aytilgan.
Asaka tumani hokimligi matbuot xizmati holatga izoh berdi. Hokimlikka ko‘ra, ushbu maktab “Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lgan. Yangi o‘quv yili boshlanishiga oz vaqt qolgani sababli o‘qituvchilar va ota-onalar quruvchi tashkilot ishlariga o‘z xohishlari bilan yordamlashishga qaror qilgan.
Hokimlikning qo‘shimcha qilishicha, ushbu ishlar davomida birorta pedagogning sog‘ligiga putur yetmagan va boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining qo‘li sinmagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi quriladi Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi