Namanganda 10 nafar hokim yordamchisiga chora koʻrildi
Namangan viloyatida tadbirkorlarning murojaatlari belgilangan muddatda koʻrib chiqilmagani sabab 10 nafar hokim yordamchisiga chora koʻrildi.
Biznes-ombudsman devoni tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi tahlil qilinganda ayrim mansabdorlar tomonidan muddatlar buzilayotgani aniqlandi.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining 373-son qaroriga koʻra, hokim yordamchisi tadbirkorning kredit olish boʻyicha arizasini koʻrib chiqib, uning faoliyati va imkoniyatlarini oʻrganishi, fotohisobot va joylashuv xaritasini ilova qilgan holda 5 kun ichida Yagona elektron platformaga tavsiya yoki rad xulosasini kiritishi shart.
Biroq, baʼzi hokim yordamchilari tomonidan mazkur talab oʻz vaqtida bajarilmagani sababli ayrim tadbirkorlarning murojaatlari oʻz muddatlarida koʻrib chiqilmadi. Jumladan, Namangan viloyatidagi 10 nafar hokim yordamchilari tomonidan 80 dan ortiq ana shunday qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilgani aniqlangan.
Misol uchun, Uchqoʻrgʻon tumanida faoliyat yurituvchi “Kelajak-M” MChJ (nomi oʻzgartirilgan) rahbarining kredit ajratish haqida Yagona elektron platforma orqali yoʻllagan arizasi belgilangan muddat 31 kunga buzilgan holda koʻrib chiqilgan.
Mazkur holatlar sabab mansabdorlarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar koʻrildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Namanganda ham oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi Namanganda 246 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi