7 Avgust 2024, 17:09 •Oʻzbekiston
Sirdaryoda ETK boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan ushlandi
Oqoltin tumanida elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi.
Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘ining o‘rinbosari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.B. tumandagi “X” fermer xo‘jaligi rahbariga go‘yoki ETK xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda elektr ta’minotidan 7,8 mln so‘m qarzdorlik hisoblanganini aytgan. Shuningdek, ushbu qarzdorlikni kamaytirib berish evaziga 4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda fuqaroni xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi Qashqadaryoda 3 kishini o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3,8 ming dollar olganlar ushlandi Toshkentda bank xodimi va uning sherigi fuqaroni 61 ming dollarga chuv tushirdi Toshkentda 3 ming dollar evaziga 100 ming dollar kredit olib berishini aytgan shaxs ushlandi Poytaxt IIBB internetdagi firibgarlikdan ogohlantirdi
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonda kino, serial va qo‘shiqlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkaziladi
12 Noyabr 2024, 19:10Oʻzbakistonda kommunal to‘lovlarni undirish tartibi o‘zgarmoqda
12 Noyabr 2024, 18:33Jizzaxda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib kelgan shaxs qamaldi
12 Noyabr 2024, 17:54Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi
12 Noyabr 2024, 17:21O‘zbekistonda XMTning yana bir konvensiyasi ratifikatsiya qilindi
12 Noyabr 2024, 16:36Tayson blogerga qarshi jangdan qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi
12 Noyabr 2024, 15:582027-yilga borib O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 20 mlrd dollarga yetishi mumkin
12 Noyabr 2024, 14:38