7 Avgust 2024, 11:35 Oʻzbekiston

Bo‘stonliqda profilaktika inspektori xotini va farzandini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bo‘stonliqda profilaktika inspektori xotini va farzandini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani profilaktika inspektori xotini va yoshga to‘lmagan farzandi, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea 6-avgust kuni soat 21:00 larda Bo‘stonliq tumanida profilaktika inspektori yashagan xizmat xonadonida sodir bo‘lgan.

Bo‘stonliq tumani IIB JXX XPB profilaktika inspektori (1996-yilda tug‘ilgan) turmush o‘rtog‘i (1996-yilda tug‘ilgan) bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik davomida o‘ziga biriktirilgan “PM tabel” quroli bilan turmush o‘rtog‘i va 2024-yilda tug‘ilgan o‘g‘liga o‘q uzib, qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng u o‘z jinoiy qilmishlaridan qutulib qolish maqsadida “PM tabel” quroli bilan boshiga bir marotaba o‘q uzib, o‘z joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar