5 Avgust 2024, 17:08 •Jahon
Qozog‘istonda uch kunda besh nafar bola derazadan tushib ketdi
Qozog‘istonda o‘tgan dam olish kunlari besh nafar bola derazadan tushib ketdi.
Qozog‘istonning Satpayev shahrida 4-avgust kuni olti yoshli bola 4-qavatda joylashgan xonadon derazasidan tushib ketdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, hozirda shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda.
Xuddi shu kuni Olmaotada olti yoshli qiz ikkinchi qavat derazasidan qulab tushgan. U ko‘plab tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, 3-avgust kuni Ostonada bir yoshli bola beshinchi qavatdagi derazadan yiqilishi natijasida turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Shu kuni Olmaotada uch yoshli qizaloq 15-qavat derazasidan tushib ketishi oqibatida halok bo‘lgan.
Temirtau shahrida 3-avgust kuni olti yoshli bola uchinchi qavatdagi derazadan qulab tushgan. U kasalxonaga yotqizilgan.
Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi qozog‘istonliklardan bolalarni derazadan qulashdan himoya qilish choralarini ko‘rishni so‘ragan.
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24