Samarqandda g‘isht zavodi 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Bulung‘ur tumanida 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan g‘isht zavodiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqand viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan g‘isht ishlab chiqarish zavodi aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Tadbirda Bulung‘ur tumanidagi “E.G.D.” MCHJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish zavodidagi hisobga olish uskunasiga tok transformatori koeffitsiyentini o‘zgartirish yo‘li bilan tashqi taʼsir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 1 milliard 109 million so‘mlik (1 million 286 ming kVt/soat elektr energiyasi) zarar yetkazilgani maʼlum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi Andijonda “avtomoyka” 286 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi Namanganda 426 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan savdo doʻkoni aniqlandi Samarqandda maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani rad etildi Samarqandda ko‘p qavatli uy xonadonida portlash yuz berdi