2 Avgust 2024, 11:36 Oʻzbekiston

Buxoro va Navoiy hududida zilzila qayd etildi

G‘ijduvon tumanida 4,4 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi.

Buxoro va Navoiy hududida zilzila qayd etildi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 2-avgust kuni yerosti silkinishlari qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 10:39 da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Episentr — Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani. Zilzila koordinatalari: 40,42 gradus shimoliy kenglik; 65,19 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,4. Chuqurlik 10 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 351 kilometr janubi-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

Navbahor tumanida 2-3 ball,
G‘ijduvon tumanida 2 ball,
Navoiy shahrida 2 ball,
Karmana tumanida 2 ball.

Mashhur yangiliklar