30 Iyul 2024, 09:23 Oʻzbekiston

Isroil Madrimov va Terens Krouford jangi O‘zbekistonda namoyish etiladi

Mazkur jang mahalliy vaqt bilan 4-avgust tongida bo‘lib o‘tadi.

Isroil Madrimov va Terens Krouford jangi O‘zbekistonda namoyish etiladi

O‘zbekiston vaqti bilan 4-avgust tongida AQSHning Los-Anjeles shahrida katta professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Ushbu oqshomning markaziy jangi Isroil Madrimov hamda amerikalik Terens Krouford o‘rtasida kechadi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jang ZO‘R TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Terens Krouford vaznidan qat’iy nazar P4P reytingi yetakchisi hisoblanadi. U professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan.

Madrimov esa 8-mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.

Endilikda u mazkur kamarni aynan Krouforddan himoya qilishi kerak bo‘ladi.

Mashhur yangiliklar