27 Iyul 2024, 19:50 Oʻzbekiston

Yangiyo‘lda 5 kishini o‘ldirib, yoqib yuborgan erkak olilaning qarindoshi bo‘lib chiqdi

Yangiyo‘l tumanida bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirilib, uyini yoqib yuborgan erkak marhumlarning yaqin qarindoshi ekani ma’lum bo‘ldi.

Yangiyo‘lda 5 kishini o‘ldirib, yoqib yuborgan erkak olilaning qarindoshi bo‘lib chiqdi

Avvalroq Toshkent viloyati Yangiyo‘lda bir oilaning 5 nafar a’zosi murdalari turli tan jarohatlari bilan topilgani haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, ushbu jinoyatda gumonlanayotgan shaxs ushlandi. Olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi shaxs (1995-yilda tug‘ilgan) jabrlanuvchi erkak (marhum)ning qarindoshi hisoblanib, u ushbu jinoyatni o‘rtalarida mavjud bo‘lgan qarz munosabati sababli sodir etgani ma’lum bo‘ldi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mashhur yangiliklar