O‘zbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi tayinlandi
Bungacha O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi lavozimida ishlagan Nodir Ganiyev mamlakatning Fransiyadagi elchisi bo‘ldi.
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Nodir Ganiyev Fransiya poytaxtiga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Yangi elchi shu kunga qadar dastlab O‘zbekistonning Shvetsiyadagi muvaqqat ishlar vakili, 2023-yil oktabr oyidan e’tiboran esa — birinchi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan. Stokgolmdagi elchixona 2022-yilda ochilgan.
Nodir Ganiyev 52 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini bitirgan.
1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda va mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Shvetsiyaga tayinlanishidan oldin TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi