Professor Abdulahat Qahhorov Toshkentdagi uyida o‘ldirib ketildi
73 yoshli sotsiolog olim, professor Abdulahad Qahhorov Toshkent shahridagi xonadonida oʻldirib ketildi.
Sotsiolog olim, professor Abdulahad Qahhorov Toshkent shahridagi oʻz uyida oʻldirib ketildi. Bu haqda Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-iyul kuni sodir boʻlgan. Oʻsha kuni soat 22:00 larda Olmazor tumani IIO FMB navbatchilik qismiga tumanning Qora-Qamish 2/5-dahasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan shu hududdagi xonadonda shovqin ovozi eshitilayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Murojaat boʻyicha tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib kelib, xonadon eshigini ochishganda ushbu xonadonning balkon qismida 73 yoshli fuqaro Abdulahad Qahhorov tanasining turli qismida kesilgan tan jarohatlari bilan vafot etganligi aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan, Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Sodir etilgan jinoyat sabablari aniqlanmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyini yoqib yuborgan ayol qamaldi Sirdaryoda sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak tanishini o‘ldirib, jasadini bo‘lakladi Toshkentda tanishining jinsiy a’zosini kesib tashlaganlarga sud hukmi o‘qildi Qashqadaryoda ayol erini o‘ldirib, quduqqa tashladi